AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida Laсetti yuk poezdi bilan to`qnashib ketdi

'Toshkent viloyatida Laсetti yuk poezdi bilan to`qnashib ketdi'ning rasmi

2021 yil 25 aprel kuni soat 05.55 da “Dalaguzar”-“Nazarbek” peregoni, 3367 kilometr 7 piketdagi preezdda davlat raqami 01 782 DFA bo`lgan “LASETTI” avtomobili 2015 – sonli yuk poezdi bilan to`qnashib ketdi. Bu haqda O`zbekiston Temir yo`llari AJ xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, bu qo`riqlanmaydigan pereezd hisoblanadi, kesishmada yo`l harakatini tartibga soluvchi belgilar va svetafor o`rnatilgan. Svetaforning qizil chirog`i yonib turishiga, to`xtash signali ishlashiga, hatto to`xtash belgisiga ham e`tibor bermasdan “LASETTI” avtomobili haydovchisi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabr kunidagi 370-son qaroriga muvofiq qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining yo`l harakati qoidalarining 116, 117 hamda 119 bandlarida ko`rsatilgan qoidalarni qo`pol ravishda buzganligi oqibatida mazkur holat yuz bergan. 

To`qnashuv paytida tan jarohati olgan avtomobil haydovchisi va bir nafar yo`lovchi zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Boshqa yangiliklar