AsosiyJinoyat

Navoiylik qizlarni Turkiyaga fohishalik qilish uchun yuboruvchi "Go`zal" qo`lga tushdi

'Navoiylik qizlarni Turkiyaga fohishalik qilish uchun yuboruvchi "Go`zal" qo`lga tushdi'ning rasmi

Joriy yilning 24-mart kuni Navoiy viloyati IIBga kelib tushgan tezkor ma`lumotga asosan Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi “Go`zal ” tahallusi bilan o`z hamtovoqlari ichida yaxshigina nom qozongan fuqaro viloyat hududida yashovchi qizlarni shahvoniy maqsadda ishga taklif qilish orqali ularni Turkiya davlatiga yuborishni ko`zlab yurganlik holati aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi. 

Joriy yilning 11 aprel kuni Viloyat IIB  TvaEQKB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida “Go`zal ” g`arazli va past niyatlarda shahvoniy maqsadlarni ko`zlab Qiziltepa tumani Saroy MFYda yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan fuqaro K.Tni Qirg`iziston Respublikasining Bishkek shaxri orqali Turkiya davlatiga olib ketib foxishalikka yollash maqsadida, Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Madaniyat” xalqaro chegara o`tkazish punkti orqali olib o`tib ketmoqchi bo`lgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi va tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar