“Darakchi” mobil muxbirlaridan biri Toshkent shahri Navoiy ko`chasida joylashgan Alisher Navoiy nomli kinosaroy oldida tushirilgan suratlarni yo`lladi.
Mazkur suratlarda piyodalarning yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzib, yo`lning o`rtasiga chiqib olib, taksi to`xtatayotganini ko`rish mumkin.
“Afsuski, bunday holat Toshkent shahridagi faqat mazkur hududda emas, boshqa hududlarda ham tez-tez uchrab turadi. Piyodalar taksi to`xtatish uchun o`z hayotini xavf ostiga qo`yib, avtomobillar harakatiga xalaqit berib, yo`lning o`rtasiga chiqib olishadi. Nahotki bu odamlar mazkur harakatlarining yo`l harakati qoidalariga zid ekanligini tushinishmasa? Bunday holatlarga barham berilishi yuz berayotgan ko`ngilsiz hodislarning sonini kamaytirgan bo`lar edi”, — deydi mobil muxbir.