Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Do`stlik tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
ATB “Mikrokreditbank” Do`stlik mini banki sobiq mudiri Sh.B., sobiq xodimi D.Q. va boshqalar mansab vakolatini suiiste`mol qilib, 2019-2020 yillarda 7 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomidan imtiyozli shartlarda 156 mln so`m kreditlarni rasmiylashtirib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






