Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.R.” MChJ rahbari va boshqalar “Dehqonobod” va “Obod turmush” MFY hududini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash ishlari bo`yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma`lumotlarni kiritish orqali amalda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozishib, 138 mln so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.