Hozirgi kunda 36 nafar bog`cha tarbiyachisi va 42 nafar tarbiyalanuvchi koronavirus yuqtirib oldi, 11ta MTM onlayn rejimda ishlamoqda. Bu haqda Maktabgacha ta`lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo`jaeva AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.
Toshkent shahrida 25ta tarbiyalanuvchi va 28ta xodim davolanmoqda. Toshkent shahridagi Maktabgacha ta`lim tashkilotlaridan 8tasi 14 kunlik onlayn rejimiga o`tdi.
Toshkent viloyatida 9 nafar tarbiyalanuvchi, 9 nafar xodim davolanmoqda. 4 ta maktabgacha ta`lim tashkiloti 14 kunlik onlayn rejimda ishlamoqda.
Samarqand shahrida 4 nafar tarbiyalanuvchi va 2 nafar tarbiyachida koronavirus aniqlangan.
️Tashkilotlarda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi sababli 27 apreldan boshlab Samarqand shahridagi barcha maktabgacha ta`lim tashkilotlarida 14 kunlik karantin joriy etildi.
Sirdaryo viloyatining 4 nafar tarbiyalanuvchisida kasallik alomatlari aniqlangan bo`lib, to`rttala holat ham Guliston shahrida aniqlandi.
Surxondaryo viloyatida 3 nafar tarbiyalanuvchida kasallanish alomatlari aniqlangan.
Namangan viloyatida 1 nafar tarbiyalanuvchisida kasallanish holati kuzatilgan.
Navoiy viloyatida 2 nafar MTM xodimida kasallik aniqlangan, bog`cha 14 kunlik masofaviy ta`lim va tarbiya berish rejimga o`tkazildi.
Xorazm viloyati Xazorasp tumani maktabgacha ta`lim bo`limi xodimlaridan birida ham kasallik aniqlangan






