AsosiyJamiyat

Minglab bino, yuzlab mashina va dahshatga tushgan fuqarolar: Olot ofatiga bir yil to`ldi

'Minglab bino, yuzlab mashina va dahshatga tushgan fuqarolar: Olot ofatiga bir yil to`ldi'ning rasmi

Xabaringiz bor, bundan bir yil avval tunda O‘zbekistonda, xususan, Buxoro viloyatida kuchli shamol kuzatildi. Ushbu holat bo‘yicha FVVning rasmiy bayonotini xabar qilgan edik.  Bosh prokuratura Matbuot xizmati "darakchi.uz"ga Buxoroda yuzaga kelgan talofat bo‘yicha rasmiy ma’lumotni taqdim etgan.

O‘shanda 27 aprel kuni soat 20:00 dan 22:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Buxoro viloyatida 25 m/sek tezlikda shamol tezligi aniqlangan.  

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tabiiy ofat natijasida viloyat bo‘yicha 5 293 ta bino, 415 ta transport vositasi, 42 400 ta daraxt talofot ko‘rgan va 295 ta tabiiy gaz va elektr ta’minotida avariyalar sodir bo‘lgan, 31 nafar shaxs turli darajada tan jarohati olganlar.

Bundan tashqari, Qorako‘l va Olot tumani bilan aloqa uzilib qolganligi sababli  tegishli xizmatlardan iborat guruh shakllantirilib, hodisa joyini o‘rganish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun yuborildi.

Shuningdek, Bosh prpokuratura ushbu hodisada vafot etgan fuqaro bo‘yicha ham mu’lumot berdi. Unga ko‘ra,  kecha, 21:30 larda Buxoro shahri, X.Mushkin ko‘chasida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan O‘.A. uyiga kelayotgan vaqtida viloyatda kuchli shamol bo‘lganligi oqibatida yerga uzilib tushgan elektr simiga ehtiyotsizlik bilan urilishi natijasi vafot etgan.

Shundan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga yetib kelib, vertolyotda Qorako‘l va Olot tumanlaridagi holatni ko‘zdan kechirdi. Olot tumani markazida mahalliy aholi vakillari, faollar bilan uchrashuv o‘tkazilgan.  

Turar joylar va infratuzilma ob’yektlarini ta’mirlash, aholiga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlari, jamoat xavfsizligi yuzasidan tezkor chora-tadbirlar belgilandi.

Qisqa fursatda katta ofat ko‘rgan Olot yana o‘z qiyofasini tikladi.

    Boshqa yangiliklar