AsosiyJinoyat

Boysun tumanida baliqchilik uchun 2 gektar er olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Boysun tumanida baliqchilik uchun 2 gektar er olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro M.A. fuqaro R.ning ishonchiga kirib, unga tuman hududidan o`tuvchi kanalning qirg`oq bo`yi muhofaza hududiga qarashli bo`lgan 2 gektar er maydonida baliqchilik faoliyati bilan shug`ullanish uchun tanishlari orqali hujjatlarni olib berishga va`da berib, evaziga 103 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar