AsosiyJamiyat

Nurafshonda portlagan uy tavsilotlari e`lon qilindi

'Nurafshonda portlagan uy tavsilotlari e`lon qilindi'ning rasmi

Avvalroq, Nurafshon shahrida, “Obod turmush” MFYda joylashgan ikki qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlab ketgani haqida xabar bergan edik. Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati hodisa bilan bog`liq qo`shimcha tavsilotlarni e`lon qildi.

Hokimlik axborotiga ko`ra, ayni vaqtda voqea joyida tezkor qutqaruv guruhlari ish olib borishmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi tomonidan talafot ko`rgan uydagi aholi xavfsiz joylarga ko`chirilmoqda.

Ushbu hodisada 2009 yilda tug`ilgan E. X. halok bo`lgan. Uy egalaridan yana biri jonlantirish bo`limiga olib ketilgan.

Dastlabki taxminlarga ko`ra uydagi 4-xonadonda gaz uskunasi qo`lbola shlang orqali hisoblagichdan alohida o`zboshimchalik bilan asosiy gaz tarmog`iga ulangan bo`lib, fojiaga uning nosozligi sabab bo`lgan.

Ayni paytda holat yuzasidan ekspertiza tayinlangan va uning natijalari haqida qo`shimcha axborot beriladi.

Boshqa yangiliklar