AsosiyJamiyat

Yaqin bir oyda Toshkent metrosi bilan bog`liq "avariya" holatlari ko`paydi. Antimonopoliya qo`mitasi holatni o`rganishga kirishdi

'Yaqin bir oyda Toshkent metrosi bilan bog`liq "avariya" holatlari ko`paydi. Antimonopoliya qo`mitasi holatni o`rganishga kirishdi'ning rasmi

So`ngi vaqtlarda Toshkent shahar yo`lovchilari metropoliten xizmatlaridagi qator muammolar guvohiga aylanishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliteni bilan bog`liq kamchiliklar haqida ko`p marotaba yozib kelishmoqda. Jumladan, 18 mart kuni “Olmazor” (Chilonzor yo`li) va “Bekat-1” (Sergeli yo`li) orasidagi tunnelda ikki poezd to`qnashuvi

8 aprel kuni Sergeli er usti metrosida poezd yarim yo`lda to`xtab qoldi.

9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poezdning ochiq eshiklar bilan harakati tushirilgan video tarqaldi. 

Shu bilan birga metropolitendagi er osti va er usti poezd harakatlarining bir nechta boshqa videolari ham ijtimoiy tarmoqlarda ko`p bora muhokama qilindi. Bugun esa, tunnelda to`xtab qolgan poezd haqidagi video tarqaldi, unda yo`lovchilar releslar orqali harakatlanib bekatga etib olishgani tasvirlangan.

Yuqoridagi holatlarni inobatga olib Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi metropoliten xizmatlari xususidagi holatlarni nazoratga olishini ma`lum qildi. 

«Shahar yo`lovchilar transporti to`g`risida»gi Qonunning 8-moddasida yo`lovchi tashishning asoslari belgilab qo`yilgan, jumladan:

  • shahar yo`lovchilar transportining bir maromda ishlashini tashkil etish;
  • yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish sifati va madaniyatini oshirish;
  • yo`lovchilarning hayoti va sog`lig`i xavfsizligini, transport vositalari harakatining xavfsizligini, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish talablari bajarilishini ta`minlash.

Ammo, “poytaxt er ostidagi” voqealar xizmat ko`rsatuvchining o`z majburiyatlarini bajarmayotganiga dalolat bermoqda.

Ushbu holatlarni va har bir yo`lovchi iste`molchi ekanligini hamda ularning haq-huquqlari O`zbekiston Respublikasining “Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonun bilan himoyalanishini eslatgan holda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi yuqorida keltirilgan muammolarni o`z nazorati ostiga olib, metropoliten xizmatlari yuzasidan o`rganish ishlarini boshlaganini ma`lum qiladi, deyilgan Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Matbuot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar