1

Toshkentda 49 yoshli ayolga IIB xodimlari tomonidan tan jarohati etkazilgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

Jinoyat 29.04.2021, 13:08
Toshkentda 49 yoshli ayolga IIB xodimlari tomonidan tan jarohati etkazilgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

Toshkent shahar IIBB axborot resurslarida xabar berilganidek, 49 yoshli Sh.Ozodaga ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tan jarohati etkazilgani haqida Internet tarmog`ida tarqalayotgan xabar haqiqatdan yiroqdir. Ayblanuvchi ayolning o`g`li tomonidan qilingan murojaati yuzasidan berilgan xabarda, uning onasi, Sh.Ozoda hamda 26 yoshli B.Dilshodbek  dastlabki tergov davomida to`plangan dalillarga asosan jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb etilgani ma`lum qilingan. Shunga qaramasdan, shu kunlarda ayblanuvchi ayolning opasi Sh.Orzigul asossiz ayblovlar bilan videmurojaat tarqatdi.

Ma`lum qilamizki, Sh.Ozodaning yaqinlari tomonidan qilingan murojaatlar ko`rib chiqildi. Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilib, tekshiruv davomida ichki ishlar organlari xodimlarining ayblanuvchiga nisbatan xatti-harakatlari o`rganildi, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi. Biroq tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko`ra ayblanuvchi ayolning yaqinlarining gaplari o`z tasdig`ini topmadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1