1

Turkiyadan tovarlarni noqonuniy olib o`tishga uringan ayolga hukm o`qildi

Jinoyat 30.04.2021, 15:44
Turkiyadan tovarlarni noqonuniy olib o`tishga uringan ayolga hukm o`qildi

Bugun mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti uchun o`z xissasini qo`shishga intilayotgan tadbirkorlarimiz ko`plab topiladi. Tadbirkorlikka keng imkon berilib, turli imtiyozlar amaliyotgan tatbiq etilayotgani ishbilarmonlar safini ko`paytirmoqda. Lekin inson qaysi sohada mehnat qilmasin, u jamiyatning ma`naviy-madaniy taraqqiyotini ham o`ylashi lozim. Buninguchun hech bo`lmaganda qadamni o`ylab bosmoq kerak. 

Jinoyat ishlari bo`yicha Sirg`ali tuman sudida ko`rilgan jinoyat ishi misolida shu fikrlar xayolimizdan o`tdi. Yoqutxon (ismlar o`zgartirilgan) jinoiy yo`l bilan moddiy daromad orttirish maqsad qilib olgan ekan. Buning uchun u tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi shaxslarning buyurtmasiga asosan, ularga tegishli turli tovar-moddiy boyliklar va zargarlik buyumlarini muayyan haq evaziga Turkiyadan mamlakatimizga olib kelib, “yo`lovchi bojxona deklarasiyasi”dan aldov yo`li bilan foydalanishni qoyillatmoqchi bo`ldi. Ayyorligini qarangki, u tovarlarni bojxona nazoratidan yashirib o`tishni uddalaydi. 

Jinoyat tafsilotlari umumlashtirib aytadigan bo`lsak, Yoqutxon Turkiyaning Istanbul shahriga borib, tadbirkor ayollarning 10 nafaridan buyurtma oladi. Kelishuvga ko`ra, Yoqutxon ularga tegishli bo`lgan umumiy vazni 300 kilogrammdan ortiq bo`lgan turli kiyim-kechak, oyoq kiyim va sumkalardan iborat tovarlarni har bir km.ini 6-8 AQSh dollaridan Turkiyadan O`zbekistonga tashib berishni va`da qiladi. Shundan so`ng, u tovarlarni tijorat maqsadlari uchun mo`ljallangan ko`rinishida bo`lmasligi uchun mahsulotlarning seriyalarini buzib, 15 ta chemodan va sumkaga joylashtiradi. Yana boshqa buyurtmaga ko`ra, 9 ta o`ramdan iborat umumiy vazni 557,61 gramm miqdordagi tilla va kumush zargarlik buyumlarining har bir o`ramini 40 AQSh dollaridan Turkiyadan O`zbekistonga tashib berishni zimmasiga oladi.

Osongina daromad topish ortidan quvgan ayol TurkiyadanO`zbekistonga parvoz qilib, yo`l-yo`lakay o`zidagi tovar va zargarlik buyumlarini “Toshkent” aeroportida bojxona nazoratidan xavfsiz o`tkazishni ta`minlash maqsadida yo`lovchilardan biriga taxminiy vazni 65 gramm bo`lgan bitta o`ramdagi tilla zargarlik buyumlarini beradi. O`zi uchib kelgan samolyotdagi yana ikki nafar yo`lovchiga taxminiy vazni 65 grammdan bo`lgan 4 ta o`ramdagi zargarlik buyumlarni bojxonadan o`tkazib berishda ko`maklashni iltimos qiladi.   

Ishi yurishayotganligidan quvongan ayol samolyotda uchib kelayotgan vaqtda “yo`lovchi bojxona deklarasiyasi”ni to`ldirib, unda nomlari va miqdori jihatidan haqiqatda mavjud tovarlarga nisbatan to`g`ri kelmaydigan noto`g`ri ma`lumotlarni kiritib qo`yadi.Lekin “Buzoqning yugurgani somonxonagacha” deganlaridek, ayolning nayranglari huquq-tartibot xolimlari tomonidan fosh bo`ldi.

Ayol JKning 182-moddasi 2-qismi “a” bandida bilan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. JKning 72-moddasiga asosan tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 1 yil sinov muddati belgilandi.

Sherzod YuLDAShEV, jinoyat ishlari bo`yicha Sirg`ali tuman sudi sudyasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1