AsosiyJamiyat

Kommunal xizmatlar haqini to`lamagan qarzdorlar e`lon qilindi

Toshkent shahar hokimligi soha mutasaddilari tomonidan yuborilgan ma`lumotlar asosida, to`lovni “esdan chiqarib” qo`ygan ayrim iste`molchilar bilan tanishtirib o`tdi.

Aholiga iste`mol qilingan ichimlik suvi va foydalanilgan oqava suv xizmatlari uchun to`lovlarni kechiktirmasdan o`z vaqtida amalga oshirish talabi qo`yilgan. Lekin, aholi o`rtasida o`z majburiyatlarini bajarmay, unga sovuqqonlik bilan qarayotganlar ham topiladi. “Suvsoz” DUK va Suv taqsimoti boshqarmasimas`ul xodimlari ular bilan muntazam ravishda debitor qarzdorliklarni undirish maqsadida tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Xonadonlarga chiqib vaziyat o`rganilmoqda. Kommunal xizmatlaridan foydalanib, ularga haq to`lamaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirilsada, ba`zi iste`molchilar bunga befarqlik bilan qaramoqda. Xodimlarning yanada namunali xizmat ko`rsatishi va iste`molchilarga ichimlik suvini muntazam etkazib berishlari uchun to`lov vaqtida amalga oshirilishi kerak.

Mana, qarzdorlar:

Uchtepa tumani, Beshqayrag`och ko`chasi, 56/2-xonadondan S.Xolmurodov — 1. 182. 089, Sergeli tumani, Sputnik S2-3-uy, 10-xonadondan A.Baranuykin — 405. 674, Olmazor tumani, Talant ko`chasi 10-uydan I.Irgashev — 594. 442, Mirobod tumani, Fitrat 33/1-3-xonadondan Sh.Radjabov — 446. 590, Yashnobod tumani, Ohangrabo 1-17-xonadondan Sh.Yusupova — 301. 803 so`m.

“Toshissiqquvvati” IChB UKsi ham shahar aholisiga issiqlik va issiq suv ta`minotini bekamu ko`st etkazib berib, ularga mas`uliyat bilan xizmat ko`rsatib kelmoqda. Albatta bu tizimda ham aholiga issiqlik va issiq suv etkazib berish xizmatlari uchun oyning 10 kuniga qadar o`tgan oyning to`lovlarini kechiktirmay to`lashlari lozimligi tushuntirilgan. Bundan xulosa qilmayotgan iste`molchilar ham bor:

M.Ulug`bek tumani, Qorasuv-6, 21-uy, 14-xonadondan M.Mirzaahmedova — 3.726.267,02, M.Ulug`bek tumani, Qorasuv-2, 45-uy, 26-xonadondan A.Mirziyaev — 2.426.767,73, Olmazor tumani, Olimpiya massivi, 8-uy, 32-xonadondan R. Mahkamdjonova — 5.485.596,09, Yunusobod tumani, 9-mavze, 27-uy, 34-xonadondan B.Tulaev — 5.610.144,4, Yunusobod tumani, 11-mavze, 14-uy, 14-xonadondan E.Abbasov — 4.410.700,97 so`m.

“Maxsustrans” Davlat ishlab chiqarish boshqarmasi shahrimizdagi aholi va tashkilotlardan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketib, ko`p qavatli uylar va mahallalarda tozalikni ta`minlash borasida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Tasdiqlangan yo`nalish jadvallariga asosan yakka tartibdagi uyli mahallalarga haftasiga ikki marotaba maxsus avtotransport vositalari xizmati yo`lga qo`yilgan. Ko`p qavatli uylar atrofida belgilangan joylarga qurilgan qo`riqlanadigan chiqindilarni yig`ish maydonchalaridan maishiy chiqindilar o`z vaqtida olib chiqib ketilmoqda. Ko`rsatilayotgan xizmatlarning yanada sifatli bajarilishini ta`minlash uchun esa aholi to`lovlarni kechiktirmay to`lashi lozim. Lekin afsuski, hamma iste`molchilar ham bu ishga vijdonan yondoshmaydilar.

Eng achinarlisi, to`lov qobiliyati bo`la turib to`lovlarni amalga oshirmaydigan iste`molchilarning borligi kishini ajablantiradi. Misol tariqasida, 3 yil va undan ortiqroq bo`lgan muddatlarda to`lovlarni amalga oshirmay kelayotganlarni keltirib o`tish mumkin:

Mirobod tumani, “Mustaqillik” mahallasi, Qo`yliq-3 dahasi, 2-uy, 4-xonadondan Q.Hamrakulov — 525. 000, Yashnobod tumani, Bobur mahallasi, Aviasozlar-2 dahasi, 41-uy, 237-xonadondan A.Chernelskiy — 348. 408, Yunusobod tumani, “Sharq haqiqati” mahallasi, Ahrorobod 3-tor ko`chasi, 24-uydan M.Ulugxo`jaeva — 420. 300, Sergeli tumani, Sputnik-9 dahasi, 19-uy, 5-xonadondan E.Sarancha — 413. 400, Uchtepa tumani, “Cho`ponota” mahallasi, Bog`iston-2 ko`chasi, 81-uydan A.Musaev — 265. 844 so`mga etgan.

“ToshshahETK” AJ tomonidan ham aholiga ko`rsatilgan elektr energiyasini etkazib berish xizmatlarining sifatli bajarilishini ta`minlash, ko`rsatilayotgan xizmatlar uchun aholi tomonidan to`lovlarni o`z vaqtida to`lanishi yuzasidan bir qator chora-tadbirlar ko`rilayotganligi aytilmoqda. Lekin hamma iste`molchilar ham buni vaqtida tushunib etmayaptilar. Yana misollarga murojaat etaylik:

Olmazor tumani, Muxbir ko`chasi, 9-uy, 25-xonadondan Salihovaning — 2.799.000, Hurriyat 1-berk ko`chasi, 8-uydan Xodjaevning — 2.504.067, Qorasaroy ko`chasi, 38-uydan Toshpulatovning — 1.584.500, Chuqursoy bekati, 13-uy, 12-xonadondan Sabitovaning — 1.694.100, Olimpiya massivi, 5-uy, 50-xonadondan Stepaninaning qarzdorligi — 1.448.592 so`mni tashkil etgan.

“O`ztransgaz” AK “Toshkengazta`minot” unitar korxonasi “Toshkentshahargaz” filiali tomonidan tabiiy gazni iste`molchilarga uzluksiz va xatarsiz etkazib berish borasida muntazam ishlar olib borilmoqda. Gazni iste`molchilarga uzluksiz etkazib berish barobarida uning haqini vaqtida to`lashni unutmaslik ham eslatib o`tiladi. Ammo iste`molchilar hamma vaqt ham unga amal qilavermaydilar. Qarzdorlar safining kamaymayotgani shundan dalolat beradi:

Yashnobod tumani, Anqara ko`chasi, 2-uydan S.Ahmedov — 3.007.258, Yashnobod tumani, Qo`ng`irot ko`chasi, 40-uydan A.Umarov — 1.200.380, Mirobod tumani, Sarbon 3-tor ko`chasi, 3-uydan M.Solihov — 1.700.000, Olmazor tumani, A.Hidoyatov ko`chasi, 2-uydan Sh.Toirov — 3.900.000, Olmazor tumani A.Hidoyatov ko`chasi, 37-uydan A.Ismoilov — 4.800.000 so`m qarz.

Hokimlik bu mavzuga yana qaytishini ta`kidlaydi.

    Boshqa yangiliklar