1

Uzun tumanida 120 mln so`m imtiyozli kredit mablag`lari o`zlashtirilganligi aniqlandi

Jinoyat 03.05.2021, 12:07
Uzun tumanida 120 mln so`m imtiyozli kredit mablag`lari o`zlashtirilganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda fuqaro B.X. AT “Xalq banki” tuman filialining mas`ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazib, kelgusida ish bilan ta`minlashni va`da qilib, ularning xabardorligisiz va imzolarini qalbakilashtirish orqali 120 mln so`m imtiyozli kredit mablag`larini olib, o`zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1