1

Jizzaxda erkak xotiniga 27 marta pichoq sanchdi

Jinoyat 03.05.2021, 15:05
Jizzaxda erkak xotiniga 27 marta pichoq sanchdi

Jinoyat ishlari bo`yicha Paxtakor tuman sudini ochiq sud majlisi  Devidga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqdi. Bu haqda sud raisi Zokir  Xudayberdiev xabar berdi. 

Devid  turmush o`rtog`i Dilya bilan o`zaro tortishib qolib, qasddan uning sha`ni va qadr-qimmatini tahqirlab haqorat qilgan.  Bo`lib o`tgan kelishmovchilik natijasida turmush o`rtog`i Dilya uch nafar farzandlari bilan otasini uyida yashab yurgan. 

Dilya o`ziga tegishli bo`lgan kiyim-kechaklarni olib ketish uchun turmush o`rtog`ining uyiga kelganida, Devid  mast holda turmush o`rtog`i bilan janjallashib qolib, uyning dahlizini ichkaridan qulflab olib, uni o`ldirish maqsadida oshxona pichog`ini olib, Dilyaning bo`yin, jag`, o`mrov, ikkala qo`lining kaft, barmoq sohalariga  27 marotaba sanchiydi. Ayolning faol qarshiligi va uning egnidagi kiyimlarning qalinligi hamda pichoqning tig`ining qayrilib ketganligi sabab, qolaversa qo`shnilarning yordimi bilan tirik qoladi. 

Sud sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlar ko`rsatuvi va jinoyat ishi to`plangan chizma va fotosuratlar, sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosalari, narsani olish to`g`risida hamda narsani ko`zdan kechirish haqidagi bayonnomalar va yuzlashtirish bayonnomalari hamda ishda to`plangan va sudda tekshirib chiqilgan boshqa ob`ektiv dalillar bilan to`liq isbotlangan.

Devid O`zbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi orqali 97-modda 1-qismi va 140-modda 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 7 (etti) yil 1 (bir) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1