Organizmdagi bezovtaliklarni oddiy usullar yordamida chalg`itamiz

Salomatlik 01.03.2016, 14:44
Organizmdagi bezovtaliklarni oddiy usullar yordamida chalg`itamiz

1.  Yutinishga qiynalayotgan bo`lsangiz....

Tomoqdagi bezovtalikni quloq solinchagini uqalash yordamida engillashtirish mumkin. Solinchakda tomoqqa ta`sir etuvchi nuqta bo`lib, uqalanganida og`riqni kamaytiradi. 

2.  Burun bitib qolganida....

Tumovni deb nafas olishga qiynalayotgan bo`lsangiz, tilni tanglayga tekkazib, ikki barmog`ingiz bilan qoshning o`rtasini engil uqalang. 2 daqiqadan so`ng burun bitishi tarqab, nafas olish me`yorlashadi. 

3.  Jig`ildon qaynashi bezovta qilganida...

Tunda jig`ildondagi bezovtalikdan uyqungiz bo`lmasa, chap yonbosh bilan uxlashga odatlaning. Ushbu holatda oshqozondagi tuzli kislotaning qizilo`ngachga tushishi kamayadi. 

4.  Qo`lingizni kuydirib olsangiz...

Pufakcha hosil bo`lmasligi uchun kuygan barmoq ustiga ikkinchi barmoqni bosing. 

5.  Qo`l uvishib qolsa...

Uvishish odatda bo`yin mushaklaridagi asab tolalarining siqilib qolishidan yuzaga keladi. Bunday paytlarda uvishgan qo`lni silash emas, bo`yinni harakatga keltirish lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1