1

Andijonda quyonchilik uchun ajratilgan kreditni talon-toroj qilgan korxona rahbari qo`lga olindi

Jinoyat 03.05.2021, 18:42
Andijonda quyonchilik uchun ajratilgan kreditni talon-toroj qilgan korxona rahbari qo`lga olindi

Ulug`nor tumanida quyonchilik uchun ajratilgan kreditni talon-toroj qilgan korxona rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Prokuratura huzuridagi Departament ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug`nor tuman bo`limi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Andijon viloyati filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “U.” IChK rahbari A.R. va boshqalar kooperativ quyonchilik faoliyati bilan shug`ullanmasada, maxsus jamg`arma hisobidan quyon va quyon qafaslari sotib olish uchun 500 mln so`m imtiyozli kredit ajratish bo`yicha shartnoma tuzib, shundan 200 mln so`mini dastlabki monitoring xulosasini soxtalashtirish orqali olishga erishib, kredit mablag`ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1