Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shahrixon tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Katta Farg`ona magistral kanali 2-Shahrixon bo`limi boshlig`i E.O`. haydovchisi T.X. orqali fuqaro Z.ga Kanal bo`limiga qarashli muhofaza hududidan 4 sotix er maydoniga engil konstruksiyali inshoot qurish uchun texnik xulosa olib berish evaziga 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.