AsosiyJamiyat

Deputatlar madaniyat va san`at xodimlari kunini belgilash to`g`risidagi qonun loyihasini ma`qullashdi

'Deputatlar  madaniyat va san`at xodimlari kunini belgilash to`g`risidagi qonun loyihasini ma`qullashdi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “O`zbekiston Respublikasi madaniyat va san`at xodimlari kunini belgilash to`g`risida”gi qonun loyihasini birinchi o`qishda ko`rib chiqdi.  Bu haqda Madaniyat vazirligi ma`lum qildi.

Prezidentning 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san`at sohasining jamiyat hayotidagi o`rni va ta`sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan loyihada 15 aprel sanasini “O`zbekiston Respublikasi madaniyat va san`at xodimlari kuni” deb belgilash taklif qilinmoqda.

 Majlisda qayd etilganidek, so`nggi yillarda mamlakatimizda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash hamda targ`ib etish, xalq og`zaki ijodiyoti va havaskorlik san`atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integrasiyalashuvini ta`minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bunda madaniyat va san`at sohasi fidoyilarining munosib hissasi bor.

Muhokamalardan so`ng, qonun loyihasi qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar