Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan ATB “Mikrokreditbank” Piskent filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.D.” MChJ rahbari B.X. bank filialidan uskunalar sotib olish uchun ajratilgan 500 mln so`m kreditni noqonuniy o`zlashtirib, o`tkazilgan monitoringda avvaldan mavjud bo`lgan eski asbob-uskunalarini go`yoki kredit mablag`i evaziga sotib olganligini ko`rsatganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






