AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva axborot olish bo`yicha qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalar to`g`risida ma`lumot berdi.
" - Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi qonunga ko`ra jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko`rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko`rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta`minlamaganlik - BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi," - dedi Sevara O`rinboeva.






