Ayni paytda Samarqand shahrida kuchli shamol va yomg`ir kuzatilmoqda.
Samarqand viloyati Ichki ishlar bo`limining xabar berishicha, Samarqand shahrida yog`adigan kuchli yomg`irdan so`ng yuzaga kelishi mumkin bo`lgan suv toshqini va turli xil ko`ngilsizliklarni oldini olish maqsadida tezkor xavfsizlik guruhi tashkil etilgan.
Mazkur guruh tomonidan texnik vositalar yordamida shaharning har bir hududi nazorat qilib boriladi va mavjud muammolarga tezda barham beriladi.