Imtihon xarajatlari qoplab berilishi uchun yoshlar qaerga murojaat qilishi kerak? Kecha, 3 may kuni AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida mavzu yuzasidan ma`lumot berildi.
«Tartibga ko`ra, imtihon topshirish xarajati kompensasiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari ro`yxati tasdiqlangan. Mazkur ro`yxatga GMAT, IELTS, TOEFL, GRE, SAT kabi imtihonlar kiritilgan. Imtihon topshirish xarajati 2021-yil 1-maydan boshlab kompensasiya qilinishi boshlaydi.
Ariza beruvchi imtihon topshirish vaqtida 31 yoshga kirmagan O`zbekiston fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs bo`lishi mumkin.
Imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi.
Ushbu davlat xizmatini olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
So`rovnomaga imtihon topshirish xarajati to`langanini tasdiqlovchi kvitansiya hamda maxsus sertifikat PDF shaklida ilova qilinishi kerak.
Yoshlar ishlari agentligi 15 kunda arizachining sertifikatini verifikasiyadan o`tkazadi.
Sertifikatning haqiqiyligini verifikasiya orqali aniqlash imkoni bo`lmasa, Yoshlar ishlari agentligi 30 kunda maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni so`rab xorijiy tashkilotga so`rov yuboradi».






