AsosiyJamiyat

Talabalar o`rtasidagi moliyaviy savodxonlik bo`yicha Olimpiadaning saralash bosqichi o`z nihoyasiga etdi

'Talabalar o`rtasidagi moliyaviy savodxonlik bo`yicha Olimpiadaning saralash bosqichi o`z nihoyasiga etdi'ning rasmi

30 aprel kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining onlayn olimpiadalar platformasida masofaviy formatda oliy o`quv yurtlari 1-3 bosqich talabalari o`rtasida Moliyaviy savodxonlik bo`yicha olimpiadaning saralash bosqichi bo`lib o`tdi. Bu haqda Markaziy Bank Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Saralash bosqichi test shaklida o`tkazildi. Ishtirokchilar bank mahsulotlari va xizmatlari, moliyaviy xavfsizlik, valyuta kursi, pul-kredit siyosati, sug`urta, soliq hamda investisiya sohalari bo`yicha moliyaviy matematika elementlarini o`z ichiga olgan 20 ta nazariy va amaliy yo`nalishdagi savollarga javob berishlari lozim edi.

Saralash bosqichida ishtirok etish uchun respublikamiz 14 ta hududlari bo`yicha 91 ta oliy ta`lim muassasalaridan 1 500 dan ortiq talaba ro`yxatdan o`tishdi. Saralash bosqichi natijalariga ko`ra 665 nafar talaba ishtirok etdi va ulardan 53 nafari Respublika bosqichida ishtirok etishga yo`llanma oldi.

    Boshqa yangiliklar