AsosiyJamiyat

Toshkentda bedarak ketgan yigitni IIB xodimi topib keldi

'Toshkentda bedarak ketgan yigitni IIB xodimi topib keldi'ning rasmi

1991 yil tug`ilgan I.S. ismli shaxs o`ziga tegishli bo`lgan "Spark" rusumli 01V794FB davlat raqam belgili avtomobilda o`z yashash xonadonidan noma`lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan. Bu haqda 2 may kuni soat 11:50larda 102 raqamiga xabar kelib tushgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar miqyosida to`sib ushlash rejasi e`lon qilinib, shaxar hududida qidiruv ishlari amalga oshirildi. 

Natijada shu kunning o`zidayoq soat 00:35 larda Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalyon komandirining TIB o`rinbosari kapitan M.Xusanov tomonidan 1991 yilda tug`ilgan fuqaro I.S. topilgan.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida, Bektemir tumani IIO FMBga vazifa topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar