Matematika va Informatika fanlaridan nufuzli Xalqaro olimpiadalarda O`zbekiston sharafini himoya qiladigan terma jamoa a`zolari saralab olindi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 25 aprelidan 3 mayga qadar Toshkentda Matematika, Kimyo hamda Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan nufuzli Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 2-bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan jami 55 nafar o`quvchi bilan o`quv tayyorgalik mashg`ulotlari olib borildi.
Tajribali trener o`qituvchilar, Xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlari tomonidan olib borilgan tayyorgarliklar yakunida o`quvchilar orasidan nufuzli fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoa a`zolari saralab olindi.
14-24 iyul kunlari Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tadigan 62-Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMO)da ishtirok etuvchi terma jamoa a`zolari:
Doniyor Ismoilov — Buxoro viloyati, Xalqaro matematika maktabi 11-sinf;
Nabixon Nabixonov — Sirdaryo viloyati, 23-sonli umumta`lim maktabi 11-sinf;
Olimjon Olimov — Buxoro viloyati, Xalqaro matematika maktabi 11-sinf;
Fathulla Keldiyorov — Toshkent shahri, S.Sirojiddinov nomidagi AL 11-sinf;
Iskandar Bo`riev — Toshkent shahar, AFIDUM 11-sinf;
Diyor Tolipov — Buxoro viloyati, 5-IDUM 11-sinf.
19-25 iyun kunlari Singapurda bo`lib o`tadigan 33-Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI) da ishtirok etuvchi terma jamoa a`zolari:
Dilshod Xojaqulov — Toshkent shahri, AFIDUM 9-sinf;
Azimjon Urinov — Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf;
Maqsut Yangiboev — Qoraqalpog`iston Respublikasi, 13-sonli umumta`lim maktabi 11-sinf;
Asliddin Ismoilov — Namangan viloyati, Prezident maktabi 9-sinf.






