2021 yil 4 may kuni soat 15:00larda havo haroratining keskin o`zgarib, kuchli yomg`ir yog`ganligi sababli, Urgut tumanining ichki yo`lidan oqib o`tuvchi soy oldida qo`l tormozi tortilmagan holatda turgan "Damas" rusumli avtotransport vositasi soyga ag`darilib ketgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Hodisa sodir bo`lgan vaqtida avtomashina ichida hech kim bo`lmagan.
Transport vositasi ko`tarma kran yordamida soydan olib chiqilgan.
Samarqand viloyati IIB YHXB barcha haydovchilarni hushyor bo`lishga chaqiradi.






