Majburiy ijro byurosining M.Ulug`bek tuman bo`limi ijro ishi yurituvida tuman jinoyat sudining 2021 yil 10 martdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi A.D. foydasiga jami 7.121.307 so`m avtotransport vositasiga etkazilgan zararni undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga 2021 yil 1 aprel kuni kelib tushgan. Bu haqda MIB jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Farrux Toshpo`latova xabar qildi.
Mazkur ijro hujjati bo`yicha bo`lim davlat ijrochisi Z.Inoyatova tomonidan Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to`g`risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi yuborilgan.
O`z vaqtida to`lanmagan qarz sabab qarzdorga nisbatan majburiy ijro xarakatlariga kirishilib, qarzdor korxonadan ijro varaqada ko`rastilgan jami 7.121.307 so`m avtotransport vositasiga etkazilgan zarar pullarini undiruvchi fuqaro A.D. foydasiga to`liq undirilib, ijro ish yurituvi tamomlangan.






