AsosiyJamiyat

Bugun ko`plab hududlarda yomg`ir yog`adi

'Bugun ko`plab hududlarda yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi. Shamolni 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 25-30° gacha pasayadi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, kuning ikkinchi yarimida yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30° bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar