AsosiyJamiyat

O`tgan haftada Andijon viloyatida yong`in oqibatida 8 yoshli bola halok bo`ldi

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 176 ta yong`inlar qayd etilgan. Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 3 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 3 nafar fuqaro halok bo`lgan. Ushbu yong`inlarda 1 mlrd. 262 mln. so`mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 1 mlrd. 233 mln. so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Chimboy tumanida yashovchi fuqaro N.Mamadalievning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 70 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. 

Andijon viloyati Oltinko`l tumanida yashovchi fuqaro A.Asqarovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 70 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`in o`chirish vaqtida uy egasining 8 yoshli o`g`lini kuygan holdagi jasadi topilgan. Bu haqda O`zR Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar beradi.

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi fuqaro R.Nazarovaning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 

100 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`in o`chirish vaqtida ushbu xonadonda yashagan B.Alimbekovni kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Ushbu holatlar beparvolik va e`tiborsizlik tufayli sodir bo`lmoqda. Bunday holatlarga yo`l qo`ymaslik uchun yong`in xavfsizligi talablarini yoddan chiqarmang.

Gaz va elektr jihozlardan to`g`ri foydalaning, ochiq olovdan foydalanishda e`tiborsiz va beparvo bo`lmang!

    Boshqa yangiliklar