AsosiyJamiyat

Bugungi Toshkent - Xojikent - Toshkent yo`nalishidagi qator poezd qatnovlari bekor qilindi

'Bugungi Toshkent - Xojikent - Toshkent yo`nalishidagi qator poezd qatnovlari bekor qilindi'ning rasmi

Bugun, 5 may kuni soat 08:30 dan 16:30 gacha Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeliga qarashli Salar - Yalang`och stansiyalari oralig`idagi temir yo`lda kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Shu bois, bugun Toshkent -Xojikent yo`nalishida harakatlanadigan shaharlararo eletropoezdlarining ayrim qatnovi vaqtincha to`xtatiladi.

Bekor qilingan qatnovlar ro`yxati quyidagicha:

07:10 - "Toshkent - Xojikent"

10:10 - "Xojikent - Toshkent"

14:06 - "Toshkent - Xojikent"

16:42 - "Xojikent - Toshkent".

Quyidagi qatnovlar esa muddatida bajariladi:

17:31 - "Toshkent - Xojikent"

19:13 - "Toshkent - Xojikent"

"O`zbekiston temir yo`llari" AJ rahbariyati yo`lovchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi.

 

 

    Boshqa yangiliklar