AsosiyJinoyat

Andijonda erkak 3 yoshli go`dakning ustiga qasddan qaynoq suv qo`yib yubordi. Qizaloq vafot etgan (video)

'Andijonda erkak 3 yoshli go`dakning ustiga qasddan qaynoq suv qo`yib yubordi. Qizaloq vafot etgan (video)'ning rasmi

Adijon viloyati Buloqboshi tumanida mast erkak 3 yoshli go`dakning ustiga qaynoq suv quyib yubordi. Bu haqda "Zamon" informasion dasturida xabar berildi.

Ma`lum qilinishicha, erkakning bunday jinoyatga qo`l urishiga birgina talabining bajarilmagani sabab bo`lgan. 

Joriy yilning 10 yanvardan 11 yanvarga o`tar kechasi soat 2:00 da erkak masat holatda o`z uyida ijarada yashayotgan ayolning xonasiga kiradi. Shahvoniy nafsini qondirish maqsadida ayolga nojo`ya taklif bildiradi. Ojiza esa buni rad etgan. 

Voqelar rivojiga ko`ra, shundan keyin quyushqondan chiqqan erkak ayolning 2018 yilda tug`ilgan qiziga qaynoq suv quyib, og`ir tan jarohati etkazgan. Qizaloq og`ir kuyish jarohatidan vafot etgan.

Mazkur jinoyat ishi sudda ko`rib chiqildi va erkakka 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

    Boshqa yangiliklar