AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatidagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi muddatidan avval xorijiy OTM talabasi bo`ldi

'Toshkent viloyatidagi  mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi muddatidan avval xorijiy OTM talabasi bo`ldi'ning rasmi

Toshkent viloyati Chirchiq shahar 14-sonli Mehribonlik uyining tarbiyalanuvchisi — 11-sinf o`quvchisi Robert Nasirov muddatidan avval talaba bo`ldi. Bu haqda Toshkent viloyati XTB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Robert onlayn imtixon topshirib, Xitoy Xalq Respublikasi “Changsha university of science and technology” xalqaro universitetining “Kompyuter ilmi va texnologiyalari” yo`nalishida grant asosida o`qish imkoniyatini qo`lga kiritdi.

Robetning orzulari ko`p. U kelajakda dunyo tanigan dasturchi bo`lishni maqsad qilgan. Unga maqsadlari sari tinimsiz harakat, o`qish, izlanishlarida zafarlar tilab qolamiz.

    Boshqa yangiliklar