AsosiyJamiyat

2016 yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyalashtirishga davlat byudjetidan 11 milliard so`m ajratildi

Milliy matbuot markazida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha Parlament komissiyasining 2015 yildagi faoliyati yakunlari va 2016 yilgi rejalariga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi. 

2008 yildan beri faoliyat ko`rsatayotgan Jamoat fondi va komissiya har yili nodavlat notijorat tashkilotlari, media tuzilmalar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik eng yaxshi loyihalarini hayotga tatbiq etishga ko`maklashmoqda. 

O`tgan yili davlat byudjetidan bu maqsadlarga 2008 yildagiga nisbatan 5 barobar ko`p mablag` ajratilgan. 2015 yilda davlat tomonidan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat granti, ijtimoiy buyurtma va subsidiya shaklida moliyalashtirishga 10 milliard so`m mablag` yo`naltirilgan. 

Grant uchun mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti, ommaviy axborot vositasi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 1200 dan ortiq loyiha taqdim etgan. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Farg`ona viloyati, Toshkent shahri eng ko`p loyiha bilan qatnashgan. Loyihalar doirasida nuroniylarni e`zozlash, sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, hududlar rivojiga doir ko`plab ishlar amalga oshirilgan. 

2016 yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyalashtirishga davlat byudjetidan 11 milliard so`m mablag` ajratildi. «Sog`lom ona va bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga NNTlarni keng jalb etish, qonunchilikni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini ta`minlash, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosining ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritilishi, barkamol avlodni voyaga etkazish, tabiat muhofazasiga oid tanlovlar jamoat tashkilotlari faolligini oshirishga xizmat qiladi. 

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi. 

    Boshqa yangiliklar