AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz” AJ aholi iste`molining necha foizini benzin va dizel bilan ta`minlay olyapti?

'“O`zbekneftgaz” AJ aholi iste`molining necha foizini benzin va dizel bilan ta`minlay olyapti?'ning rasmi

Jurnalistlar uchun ilk bor “ochilgan” zavod, “QuWatt” AI-95 rusumli avtobenzin afzalliklari va ayni paytdagi narxlari haqida ma`lumotlar berib, sizlar bilan birgalikda Toshkentdan to Buxoro neftni qayta zavodigacha bo`lgan masofaga virtual sayohat ham qilgan edik. Sohaga aloqador ma`lumotlar bilan ishlash jarayonida yana bir tug`ilgan haqli savol bilan “O`zbekneftgaz” AJga murojaat qildik. Umuman soha bugun xalq iste`molining qancha ulushini yoqilg`i bilan ta`minlamoqda?

“O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatining “Darakchi”ga ma`lumot berishicha, joriy yilning yanvar-aprel oylarida respublikadagi neftni qayta ishlash zavodlari (NQIZ) tomonidan jami 368,3 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilgan bo`lib, shundan “O`zbekneftgaz” AJ korxonalari tomonidan jami 285,7 ming tonna ishlab chiqarilgan – 77,5 %.

Shuningdek Respublika ichidagi iste`molchilarga jami, 318,9 ming tonna etkazib berilgan bo`lib, shundan “O`zbekneftgaz” AJ tashkilotlari tomonidan 236,0 ming tonna avtobenzin respublika iste`molchilariga etkazib berilgan - 74,0 %.

KORONAVIRUS BEMORLARI UChUN KISLOROD HAM IShLAB ChIQARILGAN

«Suyuq kislorodning barcha talab va standartlarga muvofiqligi to`g`risida ijobiy sanitariya-epidemiologiya xulosasi olinganidan so`ng, zavod tarixida birinchi marta Buxoro viloyatidagi kasalxonalarga etkazib berish uchun suyuq kislorod quyish amalga oshirildi. Kislorod ishlab chiqarish Buxoro neftni qayta ishlash zavodining Bug`-havo-gaz ta`minoti sexining azot-kislorod stansiyasi asosida amalga oshiriladi. Zavod COVID-19 infeksiyasi yuqishini oldini olish va insonlar hayotini saqlab qolish uchun barcha ishlar amalga oshirilib, shu kungacha 60 tonna kislorod ishlab chiqarilib, joylarga etkazilgan», - dedi Buxoro nefni qayta ishlash zavodi bosh muhandisi Baxtiyor Mustafoev press-tur chog`ida.

Shunga mos davrda respublikadagi NQIZlari tomonidan jami 198,7 ming tonna dizel yonilg`isi ishlab chiqarilgan bo`lib, shundan 85,5 ming tonnasi “O`zbeneftgaz” AJ korxonalari ulushiga to`g`ri keladi – 44,5%.

Respublika iste`molchilari uchun esa jami 298,8 ming tonna mahsulot etkazib berilgan bo`lib, shundan “O`zbekneftgaz” AJ tashkilotlari tomonidan 106,8 ming tonna dizel yonilg`isi respublika iste`molchilariga etkazib berilgan – 35,7%.

 

Sardorbek RAHMONQULOV

Toshkent-Buxoro-Toshkent

 

    Boshqa yangiliklar