AsosiyJamiyat

Yusuf Kabuljanov: 484 nafar vatandoshimizni o`z ichiga olgan «Oltin daftar» shakllantirildi

'Yusuf Kabuljanov: 484 nafar vatandoshimizni o`z ichiga olgan «Oltin daftar» shakllantirildi'ning rasmi

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Kabuljanov jurnalistlar uchun brifing o`tkazdi.

Tadbirda joriy yilning yanvar-aprel oylarida bajarilgan ishlar va bo`lajak tadbirlar to`g`risida ma`lumotlar, jurnalistlardan kelib tushgan savollarga javoblar berildi.

Ma`lum qilinishicha, hisobot davrida xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan 1934 nafar O`zbekiston fuqarolariga ko`mak, xususan konsullik-huquqiy yordam ko`rsatildi. Shuningdek, xorijdagi 884 nafar fuqaro moliyaviy yordam oldi.

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan muhim sosial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni qo`llab-quvvatlash uchun ularning imkoniyatlarini jalb qilish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. O`zbekiston taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shish imkoniyatiga ega 484 nafar vatandoshlarimizni o`z ichiga olgan «Oltin daftar» shakllantirildi.

Qonuniy mehnat migrasiyasi tizimi doirasida 15 747 nafar fuqarolarimiz xorijiy mamlakatlarda ishga joylashtirildi.

Boshqa yangiliklar