AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati: Bitta karavotda ikkitadan bola yotgan bog`chadagi holat yuzasidan rasmiylar munosabat bildirdi

'Toshkent viloyati: Bitta karavotda ikkitadan bola yotgan bog`chadagi holat yuzasidan rasmiylar munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Yangi hayot qishlog`idagi bog`chaning ahvolini ko`ring. Bitta karavotda ikkitadan bola! Karantin va gigiena qoidalari qaerda qoldi? Bolalarga oddiy yostiq ham yo`q. Uxlash kiyimini aytmay qo`yaqolaylik...” mazmunidagi post tarqalgan edi.

Holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani hokimligi huzurida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman moliya bo`limi mutaxassislari, “Bog`iston” MFY faollari hamda Maktabgacha ta`lim bo`limi mas`ul xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh tuzildi va o`rganish ishlari olib borildi. O`rganishlar natijasini umumlashtirgan holda Toshkent viloyati Maktabgacha ta`lim boshqarmasi Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Quyi Chirchiq tumani “Bog`iston” mahalla fuqarolar yig`ini hududida tadbirkor R.Ganieva tomonidan “Dono kids” davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta`lim tashkiloti tashkil etilgan. Tashkilotda mebel jihozlari etarli ekanligi hamda tarbiyalanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bitta yotoqdagi 2 nafar tarbiyalanuvchilar yuzasidan tadbirkordan izoh so`ralganda, tarbiyalanuvchilar tashkilotga yangi qabul qilingan va bitta oilaning farzandlari ekanligini  hamda moslashuv davri sababli, tarbiyalanuvchilar bir kun birga yotganligini ma`lum qildi.

O`rganish jarayonida yuqorida ko`rsatilgan xolatlar yuzasidan tadbirkor va tarbiyachi-pedagoglarga ogohlantirish berildi. Bu hamda Toshkent viloyati Maktabgacha ta`lim boshqarmasi axborot xizmati 

    Boshqa yangiliklar