O`zXDP Badriddin Nasriev nega Samarqand viloyat kengashi raisi etib saylangani yuzasidan izoh berdi. “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasiga muvofiq, fuqaroning partiyaga kirishi yoki undan chiqishi ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Shu jumladan, O`zXDP Samarqand viloyat kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan B. Nasrievning ham ixtiyoriy ravishda partiya a`zoligini tanlashi uning shaxsiy huquqi hisoblanadi.
B. Nasriev mintaqaviy partiya kengashi raisligiga saylanishidan avval Xalq demokratik partiyasi a`zoligiga joriy yilning fevral oyida qabul qilinib, unga a`zolik guvohnomasi berilgan.
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining tegishli qarori bilan B. Nasriev O`zLiDeP guruhi a`zoligidan chiqarilgan bo`lib, bugungi kunda deputat sifatidagi faoliyatini ham amalga oshirib kelmoqda.






