AsosiyJamiyat

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo`llab-quvvatlash uchun yangi jamg`arma tuziladi

'Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo`llab-quvvatlash uchun yangi jamg`arma tuziladi'ning rasmi

Prezidentimizning “Sog`liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to`g`risida”gi Farmonida tibbiyot tizimida etuk va chuqur bilimga ega kadrlarni zamonaviy ta`lim standartlari asosida tayyorlash, tibbiyot tashkilotlari va muassasalarini professional mutaxassislar bilan ta`minlash hamda ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash masalasiga alohida e`tibor qaratilgan.

Shu maqsadda Sog`liqni saqlash vazirligida Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo`llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg`armasi tashkil etiladi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur jamg`armaning moliyalashtirish manbalari sifatida:

  • Davlat byudjeti mablag`lari;
  • Sog`liqni saqlash vazirligining byudjetdan tashqari mablag`lari;
  • davlat sog`liqni saqlash muassasalari tomonidan Jamg`armaga yo`naltiriladigan ajratmalar;
  • xalqaro moliya tashkilotlarining grant mablag`lari;
  • qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar ko`rsatib o`tilgan.

Buning uchun 2021 yilda Sog`liqni saqlash vazirligining so`roviga asosan Moliya vazirligi ushbu jamg`armaga 50 milliard so`mgacha miqdorda mablag` ajratadi. 2022 yildan boshlab esa zarur mablag`lar Davlat byudjeti parametrlarida ko`zda tutilishi belgilangan.

Jamg`arma mablag`lari hududiy tibbiyot muassasalariga xorijdan ishga jalb qilinadigan malakali mutaxassislar, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan iqtidorli mutaxassislarga zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ularni moddiy rag`batlantirish to`lovlarini amalga oshirish, etakchi xorijiy tibbiyot muassasalarida stajirovka o`tashlari va malaka oshirishlari bilan bog`liq xarajatlarni amalga oshirish uchun yo`naltiriladi.

    Boshqa yangiliklar