Prezidentimizning "Sog`liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to`g`risida"gi Farmoniga ko`ra, 2021/2022 o`quv yilidan boshlab klinik ordinatura mutaxassisliklari bo`yicha qabul kvotasi ikki baravarga oshiriladi.
Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi klinik ordinaturada o`qitishning yangi tizimi joriy etilishi belgilandi:
klinik ordinatura o`quv davrining ikkinchi yili:
- hududlardagi ixtisoslashgan tibbiyot markazlari filiallari,
- viloyat bolalar va kattalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazlari,
- Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi filiallarida o`tkaziladi, shuningdek, ma`lum bir qismi ish joyida davom ettiriladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan:
- hudud uchun zarur bo`lgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash maqsadida mahalliy byudjetdan etarli miqdorda grant ajratiladi;
- mazkur grant asosida ta`lim olgan bitiruvchilarga tegishli hududga borib, uch yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi;
- hududga faoliyat yuritish uchun yuborilgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarning yashash xarajatlari mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan qoplab beriladi.






