AsosiyJamiyat

Farruxjon Fayziev Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida yangi lavozimga tayinlandi

'Farruxjon Fayziev Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2021 yil 30 apreldagi buyrug`i bilan Farruxjon Nematillaevich Fayziev Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Yuridik bo`limi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi. 

Farruxjon Fayziev 1984 yil Namangan viloyatida tug`ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (2008 yil)ni tamomlagan.  

 Shu kunga qadar O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish bo`limi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi, Intellektual mulk sohasini tahlil qilish va rivojlantirish bo`limi boshlig`i lavozimlarida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar