AsosiyJamiyat

“Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” media-haftaligining to`rtinchi kunida nimalar kutilmoqda?

'“Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” media-haftaligining to`rtinchi kunida nimalar kutilmoqda?'ning rasmi

Yoshlar ijod saroyi”da O`zEOAVMA tashabbusi bilan bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida 3 may kuni ish boshlagan “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” media-haftaligi davom etmoqda.

Bugun, 6  may kuni media-haftalik doirasida, xorijiy va mahalliy telejurnalistlar tomonidan olib borilayotgan mahorat darslari hal qiluvchi pallaga kirmoqda. Germaniyalik media-ekspert Rene Falkner, rossiyalik telejurnalist Boris Maqsudov, o`zbekistonlik taniqli teleboshlovchilar  Baxtiyor To`raxonov, Amirxon Umarov, teleoperator Botir Bozorboev, montajchi Kamilla Yusupova, SMM va piar bo`yicha mutaxassis Jaloliddin Mirzaev guruhlaridan eng iqtidorli  qatnashchilar saralanadi. Mazkur guruhlardan tanlab olingan yoshlar O`zEOAVMAga a`zo teleradiokanallarda shartnoma asosida o`z faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.

Kunning ikkinchi yarmida O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va mamlakatimizdagi Gyote instituti hamkorligida “Shum bola-2021” VII xalqaro kinofestivalining rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tadi. Unda o`zbekistonlik va germaniyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan, bolalar va o`smirlar hayotiga oid filmlar yosh tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi. Bugun mashhur kinorejissyor Kim Shtroble tomonidan suratga olingan “Medison” badiiy filmi ham o`zbek tilida namoyish qilinadi.  

Shuningdek, “Yoshlarni  qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi doirasida  O`zbekiston Respublikasi kinematografiya agentligining yosh kinoijodkorlarini taqdirlash, pitching asosida tanlab olingan kinoloyihalar uchun davlat grantlari taqdimotini ham o`tkazish ko`zda tutilgan.  

Dastur so`ngida yosh kinorejissyor Mahliyo Asqaralievaning “Lola. Quyosh va men” qisqa metrajli filmi premerasi bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar