AsosiyJamiyat

Samarqandda mast er o`z xotinini ayovsiz kaltaklagani etmagandek, ayolining ota-onasini haqoratlari bilan "mukofot"ladi

'Samarqandda mast er o`z xotinini ayovsiz kaltaklagani etmagandek, ayolining ota-onasini haqoratlari bilan "mukofot"ladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizi kuyovi tomonidan kaltaklangan onaning videosi tarqaldi. 

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2021 yilning 3 mart kuni Ishtixon tumani, “Zirabuloq” MFY, “Arabxona” qishlog`ida yashovchi fuqaro Sh.Yu. turmush o`rtog`i Sh.T. bilan kelib chiqqan o`zaro janjal natijasida tan jarohati olib, tuman Tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Sh.T.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bundan tashqari, 2021 yil 20 mart kuni Sh.T. mast holda, turmush o`rtog`ining qizlik uyiga kelib, ota-onasi va akasi M.Sh.ni uyatli so`zlar bilan haqorat qilgan. Kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida kelinning akasi M.Sh., kuyovi Sh.T.ga nisbatan tan jarohati etkazgan.

Ushbu holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan ayb e`lon qilingan bo`lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar