Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.U. va Sh.Sh.lar dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko`zlab, fuqaro E.J.ga 500 ta konvalyuta “ENOX 4000 anti-Xa IU/0/4ml” dori vositasini har bir konvalyutasini 220 ming so`mdan (21 AQSh dollari) hisoblab, 10 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






