Sudyalar oliy kengashi Germaniya xalqaro-huquqiy hamkorlik Fondining (IRZ) O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Ochiqlik, oshkoralik – korrupsiyaning barvaqt oldini olish omilidir” mavzuida xalqaro konferensiya o`tkazdi. Mazkur tadbirni ikki hafta burun hamkorlikda o`tgan “Sudya kadrlarni tayyorlash, tanlash va tayinlash mezonlari” mavzuidagi xalqaro onlayn konferensiyaning mantiqiy davomi bo`ldi.
Germaniya Evropa qit`asining taraqqiy etgan davlatlaridan biri sifatida sud kadrlarini tayyorlash, lavozimga tayinlash borasida katta tajriba va o`ziga xos maktabga ega. Ularning boy tajribasini o`rganish foydadan xoli bo`lmasligi aniq. Shu naqtai nazardan Germaniyaning Raynland-Pfals Federal Eri ma`muriy va konstitusion sudi raisi Lars Broker, Berlin okrug sudining raislik etuvchisi sudyasi Tobias Olsner sudyalar korpusini shakllashtirishni tartibga soluvchi qonunlar, sudyalik lavozimiga kadrlar tayyorlashning uslubiy va metodik jarayonlari borasidagi qiziqarli ma`lumotlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg`otdi. Shuningdek, sudyalarni rahbarlik lavozimlariga saylanish, buning talab va mezonlari, huquqiy tartiblari bo`yicha berilgan savollarga atroflicha javob berdilar.
Qiziqarli va ishchan ruhda o`tgan tadbirda asosiy e`tibor sudyalar mustaqilligi va daxlsizligini ta`minlash, ular reytingini baholash mezonlari, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta`minlovchi omillarhamdaning ularning huquqiy asoslari va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish samaradorligishi oshirishga qaratildiki, bu bejiz emas. Zero, mamlakatmizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining hozirgi bosqichida sudyalarning chinakam mustaqilligini ta`minlash va tizimda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan. Bunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi (PF-6127 son) “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta`minlash hamda sud tizimi korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni huquqiy asos vazifasini bajarmoqda.






