AsosiyJamiyat

Samarqandda rossiyalik blogerga hamrohlik qilgan fuqaroga IIB tahdid qildimi? Rasmiy munosabat berildi

'Samarqandda rossiyalik blogerga hamrohlik qilgan fuqaroga IIB tahdid qildimi? Rasmiy munosabat berildi'ning rasmi

Rossiyalik bloger o`zining “You Tube” dagi sahifasi orqali Samarqand turizm polisiyasi uning roligida tushgan “gid”ga tahdid qilganini e`lon qildi.

Holat yuzasidan viloyat IIB Axborot xizmati quyidagilarni ma`lum qiladi:

Blogerga hamrohlik qilgan Alisher ismli fuqaroga viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan tazyiq yoki “15 sutkaga qamab qo`yish” bilan taxdid qilinmagan. Unga ushbu faoliyatini qonuniylashtirish bo`yicha tavsiya berilgan.

Ma`lumot uchun, butun dunyoda turistik polisiyaning asosiy vazifalaridan biri noqonuniy ish olib borayotgan gidlarning faoliyatini tartibga solishdan ham iborat.

"Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi Samarqandga turistlarni jalb qilish bilan shug`illanadigan yurtdoshlarimizni qonunda belgilangan tartib va me`yorlarga asosan qo`llab-quvvatlashga doim tayyor",–deyiladi IIB axborotida.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar