AsosiyJamiyat

Jizzaxda 2 nafar homilador ayol shifokorlar mas`uliyatcizligi sabab vafot etdi

'Jizzaxda 2 nafar homilador ayol shifokorlar mas`uliyatcizligi sabab vafot etdi'ning rasmi

Jizzaxda 2 nafar homilador ayol shifokorlar mas`uliyatcizligi sabab vafot etdi. Bu haqda Jizzax viloyat prokuraturasi ma`lum qildi.

Baxmal tumanida go`daklar o`limi 2021 yil 4 oyi davomida 7 tani tashkil etib yuqoriligicha qolgan.

Ona-bola salomatligini saqlash borasida hamda ona-bola o`limini oldini olish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar samara bermaganligi oqibatida 2021 yilning 4 oyi davomida 2 nafar ona o`limi sodir bo`lib, o`tgan yilga nisbatan 2 taga oshgan.

Jumladan, tuman hududida yashovchi homilador E.Z. hamda Z.I lar 2020 yilda dispanser nazoratiga olingan bo`lsada, hududga mas`ul patronaj hamshirasi va umumiy amaliyot shifokori tomonidan to`liq tibbiy ko`rikdan o`tkazilmaganligi, ularda aniqlangan kasalliklarni o`z vaqtida davolash choralari ko`rilmaganligi oqibatida ular 2021 yil aprel oyida Jizzax viloyat perinatal markazida vafot etgan.  

Viloyat prokuraturasi tomonidan mutaxassislarni jalb qilgan holda Baxmal tumanida homilador ayollarga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmat ahvoli o`rganilganda, tumanda 2020 yilda 725 nafar homilador ayol kech hisobga olinganligi, 85 nafari umuman skrining tekshiruvlaridan o`tkazilmaganligi aniqlandi.  

Shuningdek, birlamchi skrining tekshiruvidan o`tib havf guruhi aniqlangan homiladorlardan irsiy kasalliklarni aniqlash (PAPP) uchun 2020 yil 6 oyi davomida qon na`munalari umuman olinmagan.

Tekshirish yakuni bilan viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.  

Yuqorida qayd qilingan 2 nafar ona o`limi holati yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar