AsosiyJamiyat

Chet tillari bo`yicha qabullar soni 2 baravarga oshirilib, davlat granti 3 baravarga oshiriladi

'Chet tillari bo`yicha qabullar soni 2 baravarga oshirilib, davlat granti 3 baravarga oshiriladi'ning rasmi

Hozirgi kunda oliygohlardagi 78 foiz professor-o`qituvchilarning chet tilini bilish darajasi qoniqarsiz ahvolda. Masalan, Nukus tibbiyot, Andijon iqtisodiyot va qurilish, Milliy rassomchilik va dizayn institutlari kabi 18 ta oliygohda birorta o`qituvchi xorijiy tilni bilish sertifikatiga ega emas. Bu ma`lumotlar chet tilini o`rganish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida keltirildi.

Har bir oliygoh rektori bir yil ichida chet tili o`qituvchilari – 100 foiz, kelgusi 3 yilda esa kasbiy fanlar o`qituvchilarining 50 foizi xalqaro sertifikat olishiga erishishi zarur”, - dedi Prezident.

Bunda oliygohlar o`qitish va sertifikat olish xarajatlari o`z jamg`armasi hisobidan qoplab beriladi. Shu bilan birga, kelgusi yildan boshlab magistratura va doktoranturaga kiruvchilar chet tilini bilish xalqaro sertifikatiga ega bo`lish talabi kiritiladi. Yangi o`quv yilidan boshlab oliygohlarda tegishli mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda o`qitish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek:

  • yangi o`quv yilidan boshlab, chet tillari bo`yicha qabullar soni 2 baravarga oshirilib, 16 mingtaga etkaziladi, davlat granti esa 3 baravarga oshiriladi (4,5 mingta);
  • chet tilini o`qitishning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida, “El-yurt umidi” jamg`armasi orqali, xorijiy doktoranturada ta`lim olish uchun yiliga 20 ta o`rin ajratiladi;
  • oliygohlarda tabiiy va texnik fanlar bo`yicha xorijiy 
    darslik va qo`llanmalardan erkin foydalanish yo`lga qo`yiladi.

 

Nodavlat o`quv markazlari tashkil etish

Qishloq joylarida nodavlat o`quv markazlari tashkil etish uchun bo`sh bino ajratish, kerakli jihozlar va adabiyotlar sotib olishga 50 million so`mgacha 
bir martalik beg`araz ko`mak ajratish yo`lga qo`yiladi.

Shuningdek, ijarada turgan o`quv markazlari ijara to`lovi xarajatlarining 50 foizgacha qismiga subsidiya ajratiladi hamda davlat mulki ob`ektlarida faoliyat yurituvchi tashkilotlar ijara to`lovidan ozod etiladi.

Sardorbek RAHMONQULOV

    Boshqa yangiliklar