Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan joriy yil davomida Vobkent tumanida qonun talablari buzilishi bilan bog`liq holatlarning oldini olish bo`yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Amaliy ishlar yuzasidan Departamentning Matbuot xizmati ma`lumot berdi.
Xususan “Davlat tili haqida”gi qonun hujjatlarining ijrosi bo`yicha Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida I chorakda amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Uch oy davomida jami 67 ta shundan 46 ta xorijiy tilda, 21 ta xato bilan yozilgan tashqi reklama va peshlavhalar o`zgartirildi.






