Joriy yil 5 apreldan boshlab bir oy davomida Respublikaning yana 8 ta hududida tuman va shahar xalq ta`limi bo`limlari boshqaruv xodimlarining bilim va ko`nikmalari baholandi.
Baholash jarayonida ishtirok etgan 277 nafar xodimning 141 nafari (50,9%) sinovdan o`ta olmadi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shundan,
Qashqadaryo viloyatida 24 nafar (53,3 %);
Surxondaryo viloyatida 20 nafar (55,6 %);
Buxoro viloyatida 10 nafar (43,5 %);
Xorazm viloyatida 16 nafar (50 %);
Qoraqalpog`iston Respublikasida 18 nafar (42,9 %);
Farg`ona viloyatida 24 nafar (54,5 %);
Andijon viloyatida 16 nafar (50 %);
Namangan viloyatida 13 nafar (56,5 %) xodim baholashdan o`ta olmadi.
Avvalroq baholash jarayoni Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarkand va Navoiy viloyatlarida o`tkazilgan edi.
Eslatib o`tamiz, mehnat shartnomasi bekor qilingan boshqaruv lavozimlari bo`yicha ma`lumotlar vacancy.argos.uz veb-saytiga joylanadi. Mazkur lavozimlarga mos keluvchi fuqarolar talabgor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Navbatdagi baholash jarayoni Toshkent shahrida o`tkaziladi. Ushbu jarayonga Toshkent shahridagi xalq ta`limi bo`limlarining, shuningdek, hududlarda baholash jarayonida uzrli sabablarga ko`ra ishtirok etmagan xodimlar jalb etiladi.






